Milana Maslenkova rossiyalik sherigi bilan chorak finalga chiqdi
Qozog‘istonda Xalqaro tennis federatsiyasi tomonidan o‘smirlar o‘rtasida o‘tkazilayotgan musobaqada sportchilarimiz muvaffaqiyatli ishtirok etmoqda.
Turnirning juftlik bahslarida yosh tennischimiz Milana Maslenkova rossiyalik sherigi Ansastasiya Feklistova bilan qozog‘istonlik tennischilar - Sofiya Churshina hamda Alisha Moldaxmetovani 6:3, 6:2 hisobida mag‘lubiyatga uchratib chorak finalga chiqdi.
Afsuski, juftlik bahslarida ishtirok etgan Odil Karimov va rossiyalik Nikita Kashirin, Mark Tryashkin va ukrainalik Oleksiy Shestakov tandemi ilk bosqichdan o‘ta olmadi.

Fikrlar