Monika Pyuig o‘ziga bildirilgan ishonchni oqladi
Puertorikalik Monika Pyuig Ispaniyada boshlangan "Mutua Madrid Open" turnirining birinchi davrasida qozog‘istonlik Zarina Diyasni mag‘lubiyatga uchratdi.
Monika uch set davom etgan uchrashuvda Zarinani 6:4, 2:6, 6:2 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.
Endi Pyuig musobaqaning navbatdagi bosqichida chexiyalik Petra Kvitova, yoki ukrainalik Lesya Tsurenkoga qarshi o‘yin o‘tkazadi.

Fikrlar