Monika Pyuig raqibini jarohatladi
Kanadaning Kvebek shahrida xotin-qizlar o‘rtasida o‘tayotgan musobaqada ikkinchi davra bahslari davom etmoqda.
Unda puertorikolik tennischi Monika Pyuig "Coupe Banque Nationale" turnirining chorak finaliga chiqish uchun ameriklik Medison Brenglga qarshi kortga chiqdi.
Mazkur uchrashuvda hisob 5:7, 0:3 bo‘lib turgan vaziyatda Brenglning eski jarohati qo‘zg‘ab qoldi va o‘yinni davom ettirishdan bosh tortdi
Shu tariqa g‘alaba qozongan Pyuig yarim final yo‘llanmasi uchun yana bir amerikalik Sofiya Kenin, yoki mezbon tennischi Fransuaza Abanda bilan raqobatlashadi.
Fikrlar