Nigina Gruziyada g‘alabalarga erishmoqda
Ayni kunlarda Gruziyaning Batumi shahrida ayollar o‘rtasida sovrin jamg‘armasi 25 000 AQSh dollarini tashkil etuvchi turnir bo‘lib o‘tmoqda.
Hamyurtimiz Nigina Abduraimova ham bugun mazkur turnirdagi yurishini davom ettirmoqda. Ilk davrada rossiyalik Polina Monovani ortda qoldirgan Nigina bugun ikkinchi davrada yana bir rossiyalik tennischi - Yana Tsizikovaga qarshi kortga chiqdi. 2 soat 46 daqiqa davom etgan bahsda 6:7, 6:2, 6:2 hisobida g‘alaba qozondi.
Juftlik bahslarida rossiyalik Anastasiya Frolova bilan bahslarga kirishgan Nigina chorak finalda rossiyalik tennischilar - Aleksandra Kuznetsova/Alena Tarasovaga qarshi kortga chiqdi. 1 soat 8 daqiqa davom etgan qarama-qarshilikda hamyurtimiz va uning sherigi 6:3, 6:1 hisobida g‘alaba qozondi va yarim finalga yo‘l oldi.

Fikrlar