Nigina eng murakkab uchrashuvda zafar quchdi
Yaponiyada ayollar o‘rtasida o‘tkazilayotgan "Toyota - 2016" xalqaro turnirida birinchi davraning eng keskin va murosasiz o‘yini o‘zbekistonlik Nigina Abduraimova hamda mezbonlar vakili Akiko Omae o‘rtasida bo‘ldi.
Mukofot jamg‘armasi 50 ming AQSh dollari bo‘lgan musobaqada Nigina g‘alaba uchun qariyb uch soat tinimsiz kurashdi. Birinchi setda raqibasining qarshiligini sindirib, 7:5 hisobida ustun kelgan hamyurtimiz keyingi setda huddi shu hisobda yutqazdi.
Nihoyat, hal qiluvchi so‘nggi setda Nigina hujumkorlikni oshirdi va buning natijasida o‘yinni 7:6 hisobida o‘z foydasiga hal qildi.
Nigina Abduraimova ikkinchi davrada vengriyalik Dalma Galfiga qarshi kortga chiqadi.

Fikrlar