Nigina finaldan quruq qoldi
Qarshi shahrida tennis bo‘yicha xotin-qizlar o‘rtasida o‘tkazilayotgan xalqaro turnirda birinchi raqamda saralangan hamyurtimiz Nigina Abduraimova final ostonasida to‘xtadi.
Yarim final uchrashuvida ukrainalik Olga Yanchukka qarshi kortga chiqqan hamyurtimiz keskin va murosasiz o‘tgan bahsda 7:6, 3:6, 1:6 hisobida engildi.
Endi Olga Yanchuk bosh sovrin uchun rossiyalik Polina Monova bilan raqobatlashadi.

Fikrlar