
Nursulton Ro‘ziboev "Alash Pride" turnirining final jangida ringga chiqadi
Aralash yakkakurash jang san’atlari ustasi o‘zbekistonlik Nursulton Ro‘ziboev o‘zining navbatdagi jangini “ALASH PRIDE” Gran-pri turniri finali doirasida o‘tkazadi. Jang 28 iyul kuni Almata shahridagi “Royal Plaza” arenasida bo‘lib o‘tadi.
Mazkur jangda unga qozog‘istonlik Artem Reznikov raqiblik qiladi. Bu jang sportchilarning o‘zaro ikkinchi jangi hisoblanadi. O‘tgan yili bo‘lib o‘tgan qarama-qarshilikda Artem mag‘lubiyatga uchragan edi.
Aslida turnir yarim finalida Aktilek Jumabek uulu va Maxir Mamedov ham o‘zaro kuch sinashishi kerak edi, biroq jang ko‘chirishlari va simulyatsiya sabab sportchilar diskvalifikatsiya qilingan va yakunda Nursulton va Artem hal qiluvchi bosqichga yo‘l olishdi.
Fikrlar