Nursulton Ro‘ziboev chempionlik kamarini himoya qildi
Aralash yakkakurash jang san’atlari ustasi Nursulton Ro‘ziboev (20-5-1) o‘zining navbatdagi jangini Qirg‘izistonning Bishkek shahrida o‘tkazdi.
O‘rta vazn toifasida WEF GLOBAL chempionlik kamarining amaldagi sohibi ushbu himoya jangda tajribali engilmas jangchi braziliyalik Markos Souza (7-0-0) bilan kuch sinashdi.
Murosasiz kechgan jangda sportchimizning muddatidan oldin jangni yakunlashga muvaffaq bo‘ldi. Shunday qilib, Nursulton chempionlik kamarini o‘zida saqlab qoldi.

Fikrlar