Oqgul og‘ir bahsda zafar quchdi
Frantsiyada ayollar o‘rtasida tashkil etilgan "Andrezieux-Boutheon-2017" xalqaro turnirining saralash musobaqada hamyurtimiz Oqgul Omonmurodova ikkinchi g‘alabasiga erishdi.
Dastlabki uchrashuvda britaniyalik Amanda Karrerasdan ustun kelgan hamyurtimiz keyingi bahsda belaruslik Lidziya Marozavaga qarshi kortga chiqdi. Bu o‘yin Oqgul uchun omadsiz boshlandi. Tennischimiz birinchi setda raqibasiga 2:6 hisobida yutqazib qo‘ydi.
Ikinchi setda Oqgul Vaziyatni tenglashtirishga erishid va raqibasiga hech qanday imkoniyat qoldirmadi - 6:1. Uchinchi setda Lidziya o‘zbekistonlik tennischiga qarshilik qilishga harchand urinmasin baribir uchrashuvni boy berdi - 4:6.
Oqgul Omonmurodova saralash turnirining so‘nggi o‘yinida amerikalik Bernarda Peraga qarshi kortga chiqadi.
SPORTS.uz

Fikrlar