Oqgul o‘z irodasini ko‘rsatdi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Oldin xabar berib o‘tganimizdek, Oqgul Omonmurodova Germaniyada davom etayotgan turnirda ishtirok etmoqda.

Kecha hamyurtimiz sovrin jamg‘armasi 60 00 AQSh dollarini tashkil etuvchi turnirning saralashi ikkinchi bosqichida mezbonlar vakilasi Vivian Xeyzenga qarshi kortga chiqdi.

Birinchi setni 3:6 hisobida boy bergan Oqgul ikkinchi setni tay-brekda yutib oldi. Uchinchi setda  esa raqibasiga imkon qoldirmadi – 6:2. 

Shu tariqa 2 soat 1 daqiqa davom etgan o‘yinda qo‘lga kiritilgan irodali  g‘alabadan so‘ng Omonmurodova bugun asosiy to‘rning birinchi davrasida ishtirok etadi. Unga vengriyalik Arn Greta raqibalik qiladi.

Bundan tashqari hamyurtimiz bugun sherigi Valentin Ivanenko bilan juftlik bahslaridagi yurishini ham boshlaydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!