
Origi "Liverpul"da o‘ziga imkon berilishini kutmoqda
“Liverpul” forvardi Divok Origi jamoada qolmoqchi. Bu haqda Liverpool Echo nashri xabar tarqatmoqda.
Unga ko‘ra belgiyalik futbolchi o‘ziga imkoniyat berilishini kutmoqda. U imkon tug‘ilishi bilan jamoa murabbiyi Yurgen Kloppning ishonchini qozonmoqchi. Shu bois Origi qishda “Vulverxempton”ga o‘tishni istamadi. Unga shuningdek “Borussiya” Dortmund hamda “Beshiktosh” klublaridan ham qiziqishlar mavjud.
O‘z navbatida “Liverpul” Origini 20-23 mln funt evaziga sotishga tayyor.
Fikrlar