
O‘rtoqlik uchrashuvlari. Angliya "Uembli"dagi ikkinchi bahsda ham gol ura olmadi (video)
Avval xabar berganimizdek kecha dunyoning bir qator mamlakatlari FIFA kunlaridan unumli foydalangan holda o‘zaro o‘rtoqlik uchrashuvlari o‘tkazishdi.
Hususan, Evropa qit’asining nomdor terma jamoalaridan biri hisoblangan Angliya shu kuni o‘z maydonida Janubiy Amerika qit’asi etakchilaridan biri bo‘lgan Braziliya termasini qabul qildi. "Uembli"ga yig‘ilgan muxlislar qiziqarli o‘yinning guvohi bo‘lishgan bo‘lsada, uchrashuvda gol kiritilmadi. Bahs 0:0 hisobida nursiz durang bilan yakunlandi.
Angliya – Braziliya 0:0 (0:0, 0:0)
14 noyabr «Uembli»
Angliya – Xart, Stounz, Maguayr, Bertran (Yang, 80), Gomes, Dayer, Loftus-Chik (Lingard, 35), Livermor (Rouz, 90), Uoker, Vardi (Solanke, 75), Reshford (Abraxam, 75).
Braziliya – Alisson, Markinos, Marselo, Dani Alves, Miranda, Paulino, Kazemiro, Renato Augusto (Fernandino, 68), Koutino (Villian, 68), Neymar, Gabriel Jezus (Firmino, 76).
Ogohlantirishlar: Livermor (54), Dani Alves (56).
Quyida ushbu o‘yinning qisqacha videosharhini tomosha qilishingiz mumkin:
Fikrlar