O‘zbek bokschilari AQShda ringga chiqadi

  • 24.07.2017 15:54
  • 0
  • Boks
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

 

Prpofessional bokschilik faoliyatini AQShda davom ettirayotgan tajribali charm qo‘lqop ustalari – Bahodir Mamajonov va Ahror Muralimov navbatdagi janglarini 29 iyul kuni o‘tkazadi.

Bu haqida Bahodir Mamajonov o‘zining feysbukdagi sahifasida e’lon qildi.

2011 yildan buyon professional boks janglarida qatnashayotgan Bahodir Mamajonov 19 ta g‘alaba (11 nokaut) va uchta mag‘lubiyat qayd etgan. Faoliyati davomida Maykl Klark, Darleys Perez, Anjelo Santana, Richard Kommey, DeMarkus Korley va Meyson Menard kabi kuchli bokschilarga qarshi jang o‘tkazgan.

O‘ta og‘hir vazn bokschimiz Ahror Muralimov 2010 yildan buyon ketma-ket 16 marta zafar quchgan (13 ta nokaut) va so‘nggi ikki jangda mag‘lubiyatga uchragan.

SPORTS.uz

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!