Petra Kvitovaga teng keladigani yo‘q

Chexiyalik Petra Kvitova “St.Petersburg Ladies Trophy – 2018” turnirining ikkinchi davrasida rumniyalik tennischi Irina Beguga qarshi kortga chiqdi.

Uch set davom etgan bahsda Petra va Irina o‘zlarining bor imkoniyatlarini ishna solib chorak finalga chiqishga xarakat qildi. Biroq bu o‘yinda omad Petra Kvitovaga kulib boqdi. U raqibasini 6:3, 1:6, 6:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.

Musobaqaning chorak finalida Petra Kvitova latviyalik Elena Ostapenkoga qarshi kortga chiqadi.

Sports.uz

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!