Rasman! “Roma” braziliyalik darvozabon bilan shartnoma imzoladi
Braziliyaning "Palmeyras" klubi darvozaboni Daniel Fuzato faoliyatini "Roma"da davom ettiradigan bo‘ldi. Bu haqda rimliklar rasmiy sayti xabar bermoqda.
Unga ko‘ra 21 yoshli braziliyalik posbon “bo‘rilar” bilan 2021 yilga qadar shartnoma imzolagan. Ushbu transfer esa “Roma”ga 500 ming evroga tushgan.
Ta’kidlash kerakki, Fuzato “Roma”da 63-raqam ostida to‘p suradigan bo‘ldi.
Fikrlar