Ravshan Haydarov shogirdlari "Metallurg" bilan durang o‘ynadi

  • 15 noyabr, 2017, 17:01
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Ravshan Haydarov bosh murabbiyligidagi O‘zbekiston U-23 terma jamoasi shu yilning 10-15 noyabr kunlari Toshkent shahrida o‘quv-mashg‘ulotlar yig‘inini o‘tkazishi haqida avval xabar bergandik.

Kecha poytaxtimizdagi JAR stadionida O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Bekobodning “Metallurg” klubiga qarshi nazorat uchrashuvini o‘tkazdi. Uchrashuvda 1:1 hisobidagi durang qayd etildi.

O‘yinning 26-daqiqasida “Metallurg” vakili Murodjon Toshmatov hisobni ochishga muvaffaq bo‘ldi. Ikkinchi bo‘limda Ravshan Haydarov yoshlar termasi tarkibini deyarli to‘liq yangiladi.

73-daqiqada Muhitdin Sharofiddinovning jarimadan uzatgan to‘pini Zabihullo O‘rinboev boshi bilan darvozaga aniq yo‘llab, hisobni tenglashtirdi.

 

“Metallurg” – O‘zbekiston U-23 – 1:1.

14.11.2007. JAR stadioni.

Hakam: A.Ergashev.

Gollar: Toshmatov M. (26) - O‘rinboev Z. (73) 

“Metallurg”: Z.Safoev (T.To‘ychiev), M.Qahramonov, H.Hoshimov, S.Allaev, A.Husinov (A.Toshqo‘ziev), A.Ziyovuddinov (D.Odilov), J.Abdumo‘minov (D.Karimov), A.No‘’monov (S.Qodirqulov), M.Toshmatov (U.Xudoyorov), I.Isoqjonov, Z.Abdullaev (M.Sultonov).

O‘zbekiston U-23 mazkur uchrashuvda quyidagi futbolchilardan foydalandi:

Rahimjon Davronov (“Mash’al”), Dilshod Hamroev (“Navbahor”);Doston Tursunov (“Neftchi”), Husniddin G‘ofurov (“Neftchi”), Abbosjon Otaxonov (“Navbahor”), Hojiakbar Alijonov (“Paxtakor”), Doniyor Narzullaev (“Nasaf”), Avaz Mamatxo‘jaev (“Qo‘qon-1912”), Sherzod Nasrullaev (“Nasaf”), Oybek Rustamov (“Qo‘qon-1912”); Yarim himoyachilar: Jahongir Ahmadov (“Paxtakor”), Sharof Muhitdinov (“Nasaf”), Xurshid G‘iyosov (“Bunyodkor”), Suhrob Nurulloev (“Paxtakor”), Abdujamol Isroilov (“Neftchi”), Islom Rashidxonov (“Nasaf”); Azizbek Amanov (“Lokomotiv”), Zabihillo O‘rinboev (“Paxtakor”), Andrey Sidorov (“Qo‘qon-1912”). 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!