"Real" 16 yoshli braziliyalik futbolchini o‘z safiga qo‘shib olmoqchi
Madridning "Real" klubi "Flamengo" yarim himoyachisi Jezus Reynega jiddiy qiziqish bildira boshladi.
AS nashri tarqatgan xabarga ko‘ra “qirollik klubi” 16 yoshli braziliyalik futbolchining shartnomasida ko‘rsatilgan 70 mln evrolik tovon pulini to‘lashga ham tayyor.
Ta’kidlash lozimki, Reynega shuningdek "Yuventus", "Roma" va "Manchester Siti" klublaridan ham jiddiy qiziqishlar mavjud.
Ma’lumot uchun, Reyne Braziliya U-17 terma jamoasi a’zosi hisoblanadi. Uning “Flamengo” bilan amaldagi shartnomasi esa 2020 yilning 31 dekabriga qadar imzolangan.

Fikrlar