«Real» Ronalduning o‘rinbosariga egami?
Chempionlar Ligasining so‘nggi besh mavsumida 4 marta bosh sovringa ega chiqqan madridliklar portugaliyalik sobiq yulduzidan minnatdor bo‘lishi kerak, biroq yozda unga o‘rinbosar olib kelganicha yo‘q.
«Real Madrid» qanday qilib Krishtianu Ronalduni to‘ldirishi mumkin? Javob qisqa va lo‘nda: hech qanday.
Xulen Lopetegi «Santyago Bernabeu»dagi qisqa faoliyati davomida ma’lum bo‘ldiki u klubning o‘zida sobiq etakchini o‘rnini bosa oladigan bir qator iste’dodli futbolchilarga ishonmoqchi.
Ronaldu ketgach madridliklar hujum uchligidan – Garet Beyl, Karim Benzema va Marko Asensiolar o‘rin olishmoqda.
Endi Ronaldu yo‘q va «Real» o‘z maqsadiga erishish yo‘llarini ham o‘zgartirishdi.
O‘tgan mavsumda La Ligada KR7 «qaymoqranglilar»ning 94 golidan 26 tasiga mualliflik qildi. U 38 uchrashuvning 27 tasidagina maydonda o‘ynagan, xolos.
«Qirollik klubi» raqib darvozasi tomon 699 zarba yo‘llagan. Ronaldu shundan 178 tasi, boshqacha qilib aytganda 25 % iga egalik qiladi.
Undan keyingi yirik nom bu – Beyl. Unda 77 (11 %) bo‘lsa, Benzemada bu raqam 63 (9 %)ni tashkil qilgan.
Ushbu mavsumda, Beyl La Ligada 16 zarba yo‘llashga ulgurdi.
Marko Asensio esa 11 marta (17 %) raqib darvozasi tomon zarba bergan bo‘lsa, Benzemada bu ko‘rsatkich – 10 (15 %) ni tashkil qiladi. Beyl ko‘proq zarba yo‘llash huquqiga ega bo‘lsada, qolgan ikki hujumchilar ham o‘z zarbalari bilan raqib darvozabonlariga xavf solib turishi turgan gap.
Shuningdek, klub boshqaruviga Lopetegi kelgach, Ronalduga qimmatbaho o‘rinbosar qidirmasdan Asensioga ishonch bildira boshladi.
Ortga nazar tashlaydigan bo‘lsak, «Barselona» Neymar ketgach Usmon Dembeleni, uning ortidan yanvarda Filippe Koutinoni yirik pullar evaziga olib kelgandi. Ammo madridliklar bu yo‘ldan borishni va Ronalduga o‘rinbosar sifatida Kilian Mbappe yoki Eden Azarni olib kelishni istamadi.
Uning o‘rniga 2014-yilda «Malorka»dan arzimas 4 million evro evaziga 22 yoshli Asensioga ishonch bildirgan ma’qul.
Yana bir narsa bor ediki, Ronaldu maydondaligida u hujumning asosiy quroli bo‘lishi kerak. U himoyaviy majburiyatlardan butunlay ozod qilingandi. Uning o‘rniga Benzema ko‘proq ter to‘kishi, yulduz sherigiga bo‘sh maydon va imkoniyatlar ochib berishi shart edi.
Ronaldu esa bu ishonchni to‘liq oqlardi. U «Real» uchun to‘qqiz mavsum davomida 438 o‘yinda 450 gol urishga erishgandi. Hozir barcha Lopetegi portugaliyalik to‘purarsiz mavsumda 50 golni qaerda toparkin degan o‘yda yuribdi.
Boshlanishida yangi murabbiy klub bir kishiga muhtoj degan tushunchani olib tashlamoqchi. «Real» hujumi Zidan qo‘li ostidagidan ko‘ra ko‘proq jamoaviylikni namoyish qilmoqda.
Markaziy hujumchi – Benzema shunchaki yurgani yo‘q. Zidan BBS ishdan chiqqan vaqtda Benzema va Ronaldu ortida Iskoni o‘ynatardi. Lopetegi esa uch kishilik hujum chizig‘ini qaytardi.
Beyl safga qaytgan, yaxshi o‘ynamoqda va gollar urmoqda. U Zidan boshqaruvida egallab turgan maqomidan norozi edi, ammo Lopetegi uni yangi tizimning muhim qismi sifatida ko‘rayotgani aniq.
Boshqa tarafdan Asensio ham yangi mavsumni ajoyib sport formasi bilan boshladi. Uning hatto 7-raqamli libos Mariano Diasga topshirilgunicha aynan Asensioga berilishi qizg‘in muhokama qilinayotgan edi.
Asensioning asosiy tarkibga kiritilishi bosqichma-bosqich tarzda olib borildi. Chempionlar Ligasini esa ikki bora rotatsiya futbolchisi sifatida qo‘lga kiritdi. Endi uning chaqnaydigan davri keldi.
Aynan u klub yangi «galaktika»ga muhtoj emasligini isbotlashi kerak. U buni bemalol uddalay oladi.

Fikrlar