Rojer Federer "Katta dubulg‘a" turnirlaridagi 30-finalida o‘ynaydi

Shveytsariyalik tennischi Rojer Federer professional faoliyatida “Katta dubulg‘a” turkumiga kiruvchi musobaqalardagi 30-finaliga yo‘l oldi.

Eslatib o‘tamiz, Rojer uchun “Australian Open – 2018” turniridagi final ettinchisidir. Bundan tashqari u besh marotaba "Rolan Garros" musobaqasining finalida o‘ynagan bo‘lsa, o‘n bir marta “Uimbldon”da va etti marotaba “US Open” turnirlarida finalga yo‘l olgan.

Sports.uz

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!