“Roma”ni Italiya kubogining yarim finaliga olib chiqqan bahsli penalti (video)

Xabaringiz bor kecha Evropaning bir qator mamlakatlarida Kubok o‘yinlari o‘tkazildi. Italiya kubogining chorak finalida “Roma” o‘z uyida “Chezena”bilan kuch sinashdi.

1-bo‘limda tomonlar gol kirita olishmadi. Ammo, 2-bo‘limning 68-daqiqasida Edin Jeko “bo‘rilar”ni hisobda oldinga olib chiqdi. Biroq, oradan 5 daqiqa o‘tib mexmonlar hisobni tenglashtirishdi 1:1. Bu esa jamoalarni qo‘shimcha taymlar tomon boshlar edi.

O‘yinning eng kulminatsion voqeasi qo‘shib berilgan daqiqalarning beshinchisida sodir bo‘ldi. Boisi hakam mexmonlar darvozasi tomon bahsli penalti belgiladi. Uni aniq amalga oshirgan Totti rimliklarni yarim finalga olib chiqdi.

Quyida o‘sha hakamning qaroriga o‘zingiz baho berishingiz mumkin:

 

Comments

You must be logged in to commet!