Ronaldo: Ikki jangdan so‘ng UFC chempioniga aylanman

Aralash yakkakurashlar jangchisi Ronaldo Souza UFC o‘rta vazn toifasida chempion bo‘lishiga ishonchi komilligini aytib o‘tdi.

- Xozirda, menga qarshi jang qilaoladigan yagona sportchi - Gasteluma. Bunga sabab Kris Uaydmanning jarohati va sog‘ligi bilan bo‘lgan muammolar. Kelajakda nima bo‘lishini so‘rasangiz? Men shunday javob qaytarardim: Oldimda ikki jang taripti bu ikki bahsdan so‘ng chempion bo‘lganimni nishonlashishga kirishaman. Men o‘zimning kuchimga ishonaman va bu narsa bir kun kelib amalga oshishiga ham ishonchim komil.

Albatta, Kelvin Gasteluma kuchli jangchi, ammo men bu erga hammani mag‘lub etish uchun kelganman, - deya Ronaldoning so‘zlaridan iqtibos keltiradi bjpenn nashri.

Ma’lumot uchun, xozirda UFC o‘rta vazn chempionlik kamari Robert Uittakerda. Souza – Gasteluma qarama-qarshiligi 12 may kuni UFC 224 doirasida Rioda bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!