Ruslan Nuriddinovga mos izdosh topildi
Xabaringiz bor, Jizzax viloyatida ko‘tarinki ruhda o‘tayotgan “Barkamol avlod-2017” sport musobaqalaridan o‘rin olgan futbol bo‘yicha musobaqa davom etmoqda. Musobaqaning bugungi kun dasturidan o‘rin olgan og‘ir atletika bahslarida g‘olib va sovrindorlar ma’lum bo‘ldi.
Xususan, 77 kilogramm vazn toifasida o‘tgan bellashuvlarda g‘oliblik dast ko‘tarishda 135, siltab ko‘tarishda 165, jami 300 kilorgammni o‘ziga bo‘ysundirgan Qoraqalpog‘iston Respublikasi vakili G‘ayratbek Aytmuratovga nasib etdi. Shuningdek, ushbu bahsda kumush medalni ko‘tarishda 135, siltab ko‘tarishda 165, umumiy 288 kilorgamm toshni ko‘targan andijonlik Shahbozbek Shuhratbekov qo‘lga kiritgan bo‘lsa, kuchli uchlikni ko‘tarishda 132, siltab ko‘tarishda 155, jami 287 kilorgamm natija ko‘rsatgan Toshkent shahri vakili Sarvar Toshtemirov yakunlab berdi.

Qayd etish joiz, musobaqa g‘olib va sovrindorlari Olimpiada va jahon arenalarida yuksak natijlarni qo‘lga kiritgan sportchilar tomonidan taqdirlanishdi.
Fikrlar