
Sabina Sharipova finalga yo‘l oldi
Xalqaro tennis federatsiyasi tomonidan Andijon shahrida o‘tkazilayotgan tennis turnirining xotin-qizlar o‘rtasidagi yakkalik bahslarda Sabina Sharipova final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.
Mamlakatimizning birinchi raqamli tennischisi Sabina yarim finalda belaruslik Irina Shimanovichni 7:5, 6:3 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.
Endi tennischimiz finalda sloveniyalik Kaya Xuanga qarshi kortga chiqadi.
Fikrlar