Said’aloga Qatar kortlari omad keltirmoqda

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi
Qatardagi "Fyuchers" turnirida Saida’lo Saidkarimov ikkinchi davraga chiqdi.
 
Iste’dodli yosh tennischimiz musobaqani saralash turniridan boylab asosiy to‘r yo‘llanmasi uchun o‘tkazilgan bellashuvda ruminiyalik Aleksandru Ilie Tuduracheni 6:0, 6:4 hisobida mag‘lub etgandi.
 
Saida’lo Saidkarimov asosiy to‘rning dastlabki bosqichida kuvaytlik Aburrahmon Alavadxiyga qarshi kortga chiqdi. Uchrashuvda har tomonlama ustunlik qilgan hamyurtimiz 6:3, 6:2, hisobida zafar quchdi.
 
Saida’lo ikkinchi davrada ettinchi raqamda saralangan frantsiyalik tennischi Jeoffrey Blankano bilan raqobatlashadi.
 
SPORTS.uz

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!