Saida’lo Qatarda kortga chiqmoqda
Qatarda tashkil etilgan "Fyuchers" turkumidagi navbatdagi xalqaro turnirda Saida’lo Saidkarimov saralash musobaqasidan muvaffaqiyatli o‘tdi.
Iste’dodli yosh tennischimiz asosiy to‘r yo‘llanmasi uchun o‘tkazilgan bellashuvda Aleksandru Ilie Tudurache bilan raqobatlashdi. Uchrashuvda raqibidan har tomonlama ustunligini namoyish qilgan o‘zbekistonlik tennischi 6:0, 6:4 hisobida zafar quchdi.
Saida’lo Saidkarimov asosiy to‘rning dastlabki bosqichida keveytlik Aburrahmon Alavadxiyga qarshi kortga chiqadi.

Fikrlar