Sarrining zaif tomoni
Maktabda bo‘ydor bolalar o‘zlaridan kichikroq bolakaylarning ovqatu pullarini tortvolishi va keyin ularning jig‘iga teginishi holatini ko‘rganmisiz? 55 daqiqa huddi shu stsenariyni «Chelsi» – «Manchester Yunayted» o‘yinida guvohiga aylandik.
Hisobda oldinda borayotgan londonliklar Antoni Marsyalning golidan keyin ustunlikni yo‘qotdi.
«Chelsi» uchrashuvni yutishi mumkin edi, ammo ular yaratilgan ko‘plab imkoniyatlardan unumli foydalan olmadi va Joze Mourinoning iste’fosini kechiktirib berishdi.
Antonio Ryudigerning goli Pol Pogba germaniyalik himoyachini e’tiborsiz qoldirganidan darak beradi. Shunga qaramay ikkinchi bo‘limda frantsiyalik hujumchining dubli jamoasiga ustunlikni taqdim etdi.
O‘yin yakunda «Chelsi»ning qiyinchilik bilan urgan goli bilan tugadi. Futbol yana bir marta uchrashuvda g‘olib chiqish uchun «jallod» qobiliyatiga ega birorta hujumchiga ega bo‘lish kerakligini eslatib qo‘ydi.
Alvaro Morata, Eden Azar va Villianlar yakuniy zarbadan ko‘p marta adashishdi. Xususan Morata nima uchun Sarri yozda Gonsalo Iguainni olib kelish uchun klub rahbariyatini ko‘ndirishga chiranganini yodga soldi. O‘shanda 30 yoshli bo‘lishiga qaramay to‘purarlik mahoratini saqlab qolayotgan hujumchini olib kelishni Sarri juda-juda istagandi.
Ross Barkli o‘yinni saqlab qolishga harakat qilganiga qaramay «Chelsi» o‘yindagi nazoratni yo‘qotib qo‘ydi. Sarri shogirdlari qanday qilib uzun paslarga o‘tib ketganini tushunmay ham qoldi.
«60 daqiqa biz o‘z o‘yinimizni ko‘rsatdik. Keyin gol o‘tkazib yubordik va o‘z futbolimizni namoyish qila olmadik. Faqat uzun paslar. Ikkinchi gol tartibsizlik natijasida sodir bo‘ldi.» – dedi Sarri futbolchilarini tanqid qilarkan. «Bunday futbolda «Manchester Yunayted» bizdan kuchliroq.»
«Men bunday o‘yindan xafsalam pir bo‘ldi. So‘nggi daqiqadagi gol shogirdlarimning o‘ziga bo‘lgan ishonchi uchun yaxshi, ammo men boshqa narsaga e’tibor qilaman. Men o‘yinni zaxiradan turib kuzataman va hozir ikkinchi bo‘limni tahlil qilib chiqishim kerak.»
«Biz o‘z o‘yinimizni ko‘rsatishni to‘xtatib qo‘ydir, uzun pasli boshqacha futbol ko‘rsatdik. Biz bunday tashkillashtirmagandik. Men uzun pasga asoslangan futbolni istamayman, ikkinchi golni ham istamayman. Men qisqa pasli o‘yinni xohlayman.» – deya qo‘shimcha qilgan italiyalik murabbiy o‘yin borasidagi xulosalarini o‘rtoqlasharkan.
Sarri jamoasidagi muammolarni o‘z vaqtida payqadi va darhol shogirdlariga himoyalanishni buyurdi.
Vaziyatlarni yakunlashda qiyinchilikka uchrayvergan Morata alal-oqibat o‘z o‘rnini Olive Jiruga bo‘shatib berdi.
Sakkiz gol urgan Azarni to‘xtatish orqali «Chelsi» kimga aylanib qoladi? Bunday savolga javob topish ancha mushkul.
Pedro va Villianlar ham gol ura oladi ammo ishonch bilan ular «aristokratlar»ning o‘yindagi ustunligiga doim ta’sir qiladi deyish mushkul.
«Chelsi» texnik jihatdan «qizil iblislar»dan ustun keldi va bu yarim himoyada ham sodir bo‘ldi. Himoya chizig‘i ham ajoyib o‘yin ko‘rsatdi.
Biroq «Liverpul» va «Manchester Siti» maydonning barcha chiziqlarida eng zo‘r futbolchilarga ega. Sarrining to‘purar-hujumchiga ega emasligi tufayli Premer Liganing bu mavsumi qo‘ldan boy berilishi mumkin.
Top-4 likka kirish ham ancha qoniqarli natija, ammo «Chelsi» Morata bilan o‘ynashda davom etsa bunday natijani qayd etish ham amrimahol.

Fikrlar