Sasha mezbonlarning dodini berdi
Frantsiyada tennis bo‘yicha erkaklar o‘rtasida o‘tkazilgan xalqaro tennis turniri yosh tennischi Aleksandr Zverev g‘alabasi bilan yakunlandi.
Mukofot jamg‘armasi 518650 AQSh dollari bo‘lgan musobaqaning hal qiluvchi bellashuvlarida germaniyalik Aleksandr Zverev mezbonlarning eng kuchli tennischilarini dog‘da qoldirdi.
Yarim finalda ikkinchi raqamla saralangan frantsiyalik Jo-Vilfrid Tsongani ishonchli tarzda mag‘lub etgan Aleksandr Zverev hal qiluvchi bellashuvda ham o‘zini ko‘rsatdi.

O‘z muxlislari ko‘z o‘ngida o‘ynagan Rishar Gaske faqatgina birinchi setda yosh raqibiga jiddiy qarshilik qildi. Biroq shunda ham germaniyalik raketka ustasi dastlabki setni 7:6 hisobida o‘z foydasig hal qildi. Ikkinchi partiyada esa Zverev nisbatan oson g‘alabani qo‘lga kiritdi - 6:3.

Fikrlar