
Sem Kuerrining davri o‘tmoqda
Amerikalik tennischi Sem Kuerri va argentinalik Gvido Pelya Jeneva shahrida o‘tayotgan ATP musobaqasida chorak final yo‘llanmasi uchun kuch sinashdi.
Nufuzli turnirning ikkinchi davrasida kortga chiqqan Sem va Gvido uchrashuvi uch set davom etdi. Dastlabki setni 7:5 hisobida yutib olgan Pele ikkinchi setda tay-brekda mag‘lub bo‘ldi. Biroq uchinchi set argentinalik tennischi uchun omadli o‘tdi va tay-brekda zafar quchdi.
Shu tariqa chorak finalga chiqqan Gvido Pelya "Banque Eric Sturdza Geneva Open" musobaqasdi yana bir amerikalik tennischi Stiv Jonsonga yarim final yo‘llanmasi uchun bahslashadi.
Fikrlar