Sevil Yo‘ldosheva xalqaro turnir g‘olibi
Tojikistonda o‘smirlar o‘rtasida o‘tgan xalqaro turnirning qizlar o‘rtasidagi bahslarida Sevil Yo‘ldosheva bosh sovrinni qo‘lga kiritdi.
Musobaqani ikkinchi davradan boshlagan Sevil rossiyalik tennischilar – Ekaterina Bremelni, Alena Kubanova, Arina Gumerovani engib finalga yo‘l oldi.
Sevil Yo‘ldosheva musobaqaning so‘nggi final uchrashuvida ham rus tennischisiga qarshi kortga chiqdi. U mazkur uchrashuvda Iuliya Asanovani 6:1, 7:6 hisobida mag‘lubityaga uchratdi.

Fikrlar