Shahzodbek Sobirov britaniyalik raqibidan ustun keldi
Venriya poytaxti Budapesht shahrida dzyudo bo‘yicha Jahon chempionati bahslari davom etmoqda.
Bugungi kun bellashuvlari doirasida -90 kg vazn toifasidagi hamyurtimiz Shahzodbek Sobirov musobaqaning ikkinchi bosqichida britaniyalik Maks Styuardga qarshi tatamiga ko‘tarildi.
Qiziqarli kechgan bahsda esa sportchimiz raqibi ustidan vazare bahosi evaziga g‘alaba qozondi va keyingi bosqich yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

Fikrlar