Shvetsiyada finalchilar nomi ma’lum bo‘ldi
Ayni kunlarda Shvetsiyaning Bashtad shahrida ATP tasnifidan o‘rin olgan “SkiStar Swedish Open” turniri bo‘lib o‘tmoqda.
Bugun sovrin jamg‘armasi 540 300 evroni tashkil etuvchi turnirning finalida ishtirok etuvchi tennischilar nomi ma’lum bo‘ldi.
Yarim finalning ilk o‘yinda ukrainalik Aleksandr Dolgopolov rossiyalik raketka ustasi Andrey Kuznetsovga qarshi kortga chiqdi. Mazkur o‘yinda ukrainalik tennischi 6:3, 6:2 hisoblarida g‘alaba qozondi va dastlabki finalchiga aylandi.
Ikkinchi yarim final o‘yinida esa ispaniyalik tennischilar o‘zaro hisob-kitob qilishdi va yakunda David Ferrer final yo‘llanmasiga ega chiqdi.
Aleksandr Dolgopolov (Ukraina) – Andrey Kuznetsov (Rossiya) 6:3 6:2
David Ferrer (Ispaniya) – Fernando Verdasko (Ispaniya) 6:1 6:7 6:4.
Final o‘yini ertaga bo‘lib o‘tishi rejalashtirilan.

Fikrlar