
Simona Xalep navbatdagi raqibini kutmoqda
Ruminiyalik tennischi Simona Xalep "Dubai Duty Free Tennis Championships" turnirining chorak final bosqichiga yo‘l oldi.
Simona Dubay shahridagi musobaqaning uchinchi davrasida ukrainalik Lesya Tsurenko ustidan 6:3, 7:5 hisobida g‘alaba qozondi.
Endi Xalep chempionatning chorak finalida shveytsariyalik Belinda Benchich, yoki belaruslik Arina Sobolenkoga qarshi kortga chiqadi.
Fikrlar