Simona Xalep raqibini ayamadi
Dunyoning birinchi raqamli tennischisi ruminiyalik Simona Xalep "Mutua Madrid Open" turnirida kutilganidek g‘alabali odimlarini boshladi.
U birinchi davrada rossiyalik Ekaterina Makarovaga qarshi kortga chiqib, yakunda raqibiga bor yo‘g‘i bitta geymni boy berdi.
Shu tariqa g‘alabaga erishgan Xalep ikkinchi davrada belgiyalik Alison Van Uytvank va Elize Mertens uchrashuvi g‘olibiga qarshi kortga chiqadigan bo‘ldi.
Fikrlar