Sten Vavrinka bosh sovringa yaqinlashmoqda

Doxada erkaklar o‘rtasida o‘tkazilayotgan "Qatar ExxonMobil Open" turnirida tennischilar ikkinchi davra bahslarini o‘tkazmoqda.

Ushbu bosqichda shveytsariyalik tennischi Sten Vavrinka chililik Nikolas Xarrini 6:4, 7:6 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.

Shu tariqa Sten chorak finalda ispaniyalik Roberto Bautist-Agutga qarshi kortga chiqadigan bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!