Tampere-2017: Bugun 2 nafar polvonimiz gilamga chiqadi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Finlandiyaning Tampere shahri bugundan sport kurashlari bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi Jahon chempionatiga mezbonlik qiladi. Erkin kurash, yunon-rum va ayollar kurashi turlari bo‘yicha o‘tkaziladigan ushbu musobaqada hamyurtlarimizning ham ishtiroki kutilmoqda.

Xususan, bugun erkin kurash bo‘yicha o‘tkaziladigan bahslarda ham 2 nafar polvonimiz gilamga chiqadi. Dastlab, 60 kilogramm vazn toifasida Abbos Rahmonov nimchorak finalda mezbon jamoa vakili Timu Tuomas qarshiligini engishga harkat qilsa, 74 kilogramm vazn toifasida Isa Shapiev kanadalik Tay Styuart Bridjuoterni sinovdan o‘tkazadi.

Ma’lumot o‘rnida, bahslar 6 avgustga qadar davom etadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!