Temur Mirzo barcha raqiblarini “er tishlatdi”

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

 

Xitoy Taypeyida yakunlangan yunon-rum kurashi bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionatida 96 kilogramm vazn toifasidagi bellashuvlar o‘zbek polvoni – Temur Mirzo Mamajonov g‘alabasi bila yakunlandi.

Hasanboy - Artur Taymazovga zo‘r voris bo‘ladi!

Mohir kurashchimiz chempionat davomida qozog‘istonlik O‘ljas Sirliboy, turkmanistonlik Aslan Kuliev va hindistonlik Sagar Sagarning kuragini erga tekkizib, finalga chiqdi.

Hal qiluvchi bellashuvda Temur Mirzo eronlik Amirmuhammad Xusaynrizo Noruzipasand ustidan zafar quchib, oltin medalga sazovor bo‘ldi.

Terma jamoamiz a’zolaridan Jalgas Berdimurodov kumush, Jasurbek Ortiqboev va Mahmud Bahshulloev bronza medalni qo‘lga kiritdi.

Qizlar o‘rtasida o‘tkazilgan Osiyo chempionatida ishtirok etgan sportchilarimiz ham shohsupaga ko‘tarildi. Baxtigul Boltaniyozova kumush, Oqtanga Keunimjaeva, Nodira Sobirova, Hadicha Najimova bronza medalga ega chiqdi.

SPORTS.uz

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!