Turkiyada go‘zal qizlarimiz kuch sinashmoqda
Ayni kunlarda Turkiyaning Istanbul shahrida mukofot jamg‘armasi 15 000 AQSh dollarini tashkil etuvchi xalqaro turnir bo‘lib o‘tmoqda. Ushbu turnirda bir yo‘la 3 nafar tennischi qizimiz ishtirok etmoqda.
Laylo Bahodirova turnirni saralash raundidan boshladi. U kecha saralashning 3-bosqichida rossiyalik Viktoriya Klimushkinaga qarshi kortga chiqdi. Ushbu bahsda hamyurtimiz 2:6, 6:3, 0:6 hisobida imkoniyatni boy berdi va yakkalik bahslaridagi yurishiga yakun yasadi.
Bugun shuningdek, Kamola Umarova xamda Arina Foltslar ham kurashga kirishadi.

Fikrlar