Uimbldon. Denis Istomin kurashdan chiqdi
Oldin xabar berib o‘tganimizdek, bugun “Katta dubulg‘a” turkumiga kiruvchi Uimbldon turnirida birinchi davra o‘yinlari boshlandi. Sovrin jamg‘armasi 31 600 000 funtni tashkil etuvchi turnirning erkaklar o‘rtasidagi bahslarida ishtirok etayotgan O‘zbekistonning birinchi raketkasi – Denis Istomin ilk davrada aqshlik Donald Yang bilan kuch sinashdi.
Bugun Istomin Uimbldondagi yurishini boshlaydi
Ilk setda 7:5 hisobida g‘alaba qozongan hamyurtimiz ketma-ket ikki setda imkoniyatni boy berdi. To‘rtinchi setda 6 ta geymdan so‘ng Istomin o‘yinni davom ettira olmasligini ma’lum qildi. Bu vaqtda 4:2 hisobida britan tennischisi oldinda borayotgan edi.
Uimbldon. Birinchi davra
Donald Yang (AQSh) – Denis Istomin (O‘zbekiston) 5:7, 6:4, 6:4, 4:2 Rt.

Fikrlar