
Uimbldon. Finalchilar nomi ma’lum bo‘ldi
Bugun “Katta dubulg‘a” turkumiga kiruvchi Uimbldon turnirida to‘rtinchi yarim final o‘yinlari bo‘lib o‘tdi.
Sovrin jamg‘armasi 31 600 000 funtni tashkil etuvchi turnirning ayollar o‘rtasidagi musobaqasi finaliga chiqish uchun Vinus Uilyams Yoxanna Konta bilan, Garbine Mugurusa esa Magdalena Ribarikovaga qarshi kortga chiqdi.
37 yoshli Vinus 1 soat 13 daqiqa davom etgan bahsda mezbon tennischisi Yoxanna Kontani 6:4, 6:2 hisobida mag‘lub etdi va finalga chiqdi.
Ispaniyalik Garbine Mugurusa esa final uchun slovakiyalik Magdalena Ribarikovaga qarshi bahs yuritdi va 1 soat 4 daqiqa ichida 6:1, 6:1 hisobidago g‘alabani rasmiylashtirdi xamda finalga yo‘l oldi.
Final o‘yini 15 iyul kuni Toshkent vaqti bilan 18.00 da Londondagi “Uimbldon Markaziy” kortida bo‘lib o‘tadi.
Uimbldon. Ayollar. Yarim final
Vinus Uilyams (AQSh) – Yoxanna Konta (Buyuk Britaniya) 6:4 6:2
Garbine Mugurusa (Ispaniya) – Magdalena Rybarikova (Slovakiya) 6:1 6:1.
Fikrlar