Umid Rustamov va David Ribakoni jangidan fotoreportaj

  • 06.05.2018 12:05
  • 0
  • Boks
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

  Kechaning navbatdagi jangida hamyurtimiz Umid Rustamov professional ringdagi to‘rtinchi jangini gruziyalik David Ribakoniga qarshi o‘tkazdi. Bu bokschi bugunga qadar 43 ta jang o‘tkazib, 18 g‘alaba, 9 mag‘lubiyat va 5 durang qayd etgan edi.

  10 raund qilib belgilangan to‘qnashuvni har ikki bokschi ehtiyotkorlik bilan boshladi, biroq ikkinchi raundda Umid faollikni oshirdi.

  Uchinchi raundga kelib, Umid raqibini nokdaunga uchratdi! Davidga alam qildi chamasi, jangni davom ettirish istagini bildirdi. Ammo ringdagi keyingi lahzalar gruziyalik bokschiga omad olib kelolmadi. Keskin zarbalar ostida qolib ketgan David ringga quladi. Nokaut!

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!