
P
"Universal jamping" ot sporti klubida "O‘zbekiston global tur-2017" musobaqalar mavsumining ochilishiga bag‘ishlangan katta tantana bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston Davlat jismoniy tarbiya va sport qo‘mitasi, respublika ot sporti federatsiyasi hamda "Universal jamping" ot sporti klubi hamkorligida uyushtirilgan tantanada taniqli estrada xonandalari, raqs guruhlari, bolalar jamoalarining ishtirok etishi davraga fayz kiritdi.
Chavandozlarning o‘z tulporlarida 130 sm. va 120 sm. balandlikdagi to‘siqlardan sakrab o‘tish bo‘yicha o‘tkazgan musobaqalari yig‘ilganlarda katta taassurot qoldirdi. Ayniqsa, bolalar o‘rtasidagi bellashuvlar keskin va murosasiz o‘tdi.
Musobaqaning g‘olib va sovrindorlari: Oqil Sobirjonov, Nikolay Karpovich, G‘ayrat Nazarov, Xurshid Olimjonov, Nurjon Tuyakboev, A’zam Tolibbaev, Abdushukur Sobirjonov, Umid Komilov, Dilmurod Abdurahmonov, Suxbatilla Radjapov, Miryoqub Ismoilov, Ulug‘bek Olimjonovga diplom, kubok hamda qimmatbaho sovg‘alar hadya etildi.
Mazkur musobaqadan olingan fotolavhalarni hukmingizga havola etamiz.
Fikrlar