Valeriya Vorobyova final uchun o‘ynaydi
Qirg‘izistonda Xalqaro tennis federatsiyasi tomonidan o‘smirlar o‘rtasida tashkil etilgan turnirning qizlar o‘rtasidagi yakkalik bahslarida Valeriya Vorobyova mamlakatimiz sharafini munosib himoya qilmoqda.
Valeriya turnirda rossiyalik Evgeniya Safronovani, Alina Ustyujaninani va qozog‘istonlik Tahmina Janatovani mag‘lubiyatga uchratib, yarim finalga chiqdi.
Endi yosh tennischimiz musobaqaning final bosqichiga chiqish uchun qozog‘istonlik Elezaveta Karlovaga qarshi kortga chiqadi.

Fikrlar