Vashingtonda bugun g‘olib nomi aniqlanadi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

31 iyul – 6 avgust kunlari AQSh poytaxti Vashington shahrida WTA turkumiga kiruvchi turnir bo‘lib o‘tmoqda. Bugun tongda sovrin jamg‘armasi 250 000 AQSh dollarini tashkil etuvchi turnirning  yarim final o‘yinlari bo‘lib o‘tdi.

Rossiyalik Ekaterina Makarova yarim finalda Osean Dodenga qarshi bahs olib bordi. 2 soat davom etgan bahsda Makarova 3:6, 6:3, 6:4 hisobida g‘alaba qozondi va final yo‘llanmasiga ega chiqdi.

Ikkinchi yarim finalda esa germaniyalik Yuliya Gerges 2 soat 32 daqiqada jahonning 102 raketkasi Andrea Petkovichdan 5:7, 6:4, 7:5 hisobida ustun keldi.

Bugun tunda esa Ekaterina xamda Yuliyalar bosh sovrin uchun kortga chiqishadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!