Verner uchun mos jamoa qaysi?

  • 9 yanvar, 2019, 12:15
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Timo Vernerning so‘nggi yillarda «RB Leyptsig» jamoasida ko‘rsatgan qahramonliklari uni bugungi kunda Evropaning eng yaxshi hujumchilardan biriga aylantirdi.

Tecno

22 yoshli hujumchi 2016-yilda «Shtutgart»dan «Leyptsig»ga o‘tkanidan keyin 98 o‘yin o‘tkazib, 56 gol urishga erishdi. Bu orada u Germaniya terma jamoasi safida ham 23 o‘yin o‘tkazishga erishdi.

Bunday sport formasida bo‘lish unga yirik jamoalarning qiziqishi bilan tugamoqda. Har mavsumda 20 talab gol uruvchi hujumchi Chempionlar Ligasida ishtirok etmayotgan klubda o‘ynamoqda va kamiga uning shartnomasi tugashiga 18 oy qoldi. Bu nemis klubini tashvishlantirmoqda.

Grand klublarning unga bo‘lgan qiziqishini inobatga olib nemis hujumchisi uchun qaysi klub mos tushishi mumkinligini tahlil qildik.

Orzu: «Bavariya»

«Bavariya» Germaniyada o‘zini ko‘rsatgan har qanday iqtidor egasi uchun dastlabki taklifni beradigan klubga aylanganiga ancha vaqt bo‘ldi. So‘nggi yillarda myunxenliklar Mats Xummels, Robert Levandovski, Mario Gyottse, Manuel Noyer, Leon Goretskalar Germaniya chempioni safini to‘ldirgan bo‘lsa, ancha vaqt avval Mixael Ballak ham olib kelingandi. Bunday tarkibga ega bo‘lish Bundesligadagi raqobatni o‘ldirdi va «Bavariya» so‘zsiz o‘z chempionatining mutloq g‘olibi bo‘lib kelishiga sababchi bo‘lmoqda.

Vernerning o‘zi ham «Bavariya»da yaqin kelajakda o‘ynashi mumkinligiga sha’ma qilib o‘tdi: «Leyptsig»da ajoyib ikki yarim yil mavsumni o‘tkazdim. Rejada boshqa klublar ham bor. Agarda Germaniyada qolsangiz faqatgina bir jamoa asosiy masala bo‘ladi» – degan Verner.

Levandovski Evropaning eng kuchli hujumchilaridan biri. Biroq 30 yoshli polshalik futbolchining o‘yinida ham so‘nggi vaqtlarda pasayish kuzatilmoqda. Vernerning tezligi va oldingi chiziqda to‘g‘ri yo‘nalish tanlay olishi «Bavariya»ga qo‘l kelishi mumkin.

Haqiqat: «Liverpul»

«Liverpul» skautlari bir necha marta «Leyptsig» ishtirokidagi o‘yinlarda Vernerni kuzatish uchun tashrif buyurishdi. Buni nemis mutaxassis Klopp istamoqda. Aynan u hamyurtini o‘z jamoasining oldingi chizig‘ida ko‘rishni xohlamoqda. «Qizillar» allaqachon kuchli hujum uchligiga ega. Ammo barqarorlik sifati doimiy emasligi ko‘zga tashlanmoqda.

O‘tgan iyunoyida Verner «Leyptsig»ni jahonning eng yaxshisii bo‘lish uchun tark etishi mumkinligini» aytgandi. Nabi Keyta xuddi shu ishni bajarish uchun mersisaydliklar safiga ko‘chib o‘tgandi.

Germaniyalik futbolchi FourFourTwo nashriga bergan intervyusida «Enfild»dagi atmosfera uni rom qilishini tan oldi: «Angliyada men o‘ynashni istaydigan klublar «Manchester Yunayted» va «Liverpul» hisoblanadi. Men qisman ularning muxlisiman. Boisi ularning boy tarixi bor. «Liverpul»ni esa stadioni va undagi atmosfera yoqadi.»

Dominik Solanke o‘tgan haftada «Bornmut»ni tark etdi. Yanvar oyida Divok Oriji va Daniel Starridjlarni sotmasdan turib Vernerning kelishi qiyin masala. Bundan tashqari klublarni mavsum o‘rtasida yulduzlarini sotisha ko‘ndirish ham murakkab ish.

Biroq Klopp hamyurtini yozda olib kelishi mumkin.

Djoker: «Borussiya Dortmund»

Kristian Pulishich Jeydon Sanchoning «sahnaga chiqishi» ortidan «Borussiya D»ning joriy mavsumdagi birinchi tanlovi bo‘lmayapti. Uning yozda dortmundliklar safidan ketishi Vernerga bo‘lgan ehtiyojning paydo bo‘lishiga olib kelishi mumkin.

Nemis nashri Bild ga ko‘ra, Lyusen Favr Verner timsolida ideal o‘rinbosarni ko‘rmoqda va uni «Bavariya», «Liverpul»ga berib qo‘ymaslikni rahbariyatdan talab qilgan.

Agarda dortmundliklar Bundesligadagi peshqadamlikni saqlab qolib 2012-yildan beri ilk bor chempionlikni nishonlaydigan bo‘lsa, yozda ular tarkibni kuchaytirishlari shart bo‘ladi. Pulishichning ketishi darhaqiqat «Leyptsig» vakiliga imkoniyatlar eshigini ochib berishi shubhasiz.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
darwesh
09/01/2019 15:41
Одатда бундай пайтларда немис уйинчилари баварияга утади