Xorvatiya terma jamoasining JCh-2018 uchun yakuniy tarkibi e’lon qilindi

  • 4 iyun, 2018, 17:08
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Zlatko Dalich boshchiligidagi Xorvatiya terma jamoasi murabbiylar shtabi bugun JCh-2018 uchun 23 nafar futbolchidan iborat yakuniy tarkibni e’lon qildi.

Darvozabonlar: Daniel Subashich («Monako»), Lovre Kalinich («Gent»), Dominik Livakovich («Dinamo» Zagreb);

Himoyachilar: Vedran Chorluka («Lokomotiv»), Domagoy Vida («Beshiktosh»), Ivan Strinich («Sampdoriya»), Deyan Lovren («Liverpul»), Shime Vrsalko («Atletiko»), Yosip Pivarich («Dinamo», Kiev), Tin Edvay («Bayer»), Due Chaleta-Tsar («Red Bull Zaltsburg»);

Yarim himoyachilar: Luka Modrich, Mateo Kovachich (ikkalasi – «Real»), Ivan Rakitich («Barselona»), Milan Badel («Fiorentina»), Martselo Brozovich («Inter»), Filip Bradarich («Rieka»);

Hujumchilar: Mario Manjukich («Yuventus»), Ivan Perishich («Inter»), Nikola Kalinich («Milan»), Andrey Kramarich («Xoffenxaym»), Marko Pyatsa («Shalke»), Ante Rebich («Ayntraxt»).

Eslatib o‘tamiz, xorvatiyalik futbolchilar mundialning guruh bosqichida Nigeriya, Argentina va Islandiya terma jamoalariga qarshi kurash olib borishadi

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!