Yosh tennischilarimiz o‘zini ko‘rsatmoqda
Mukofot jamg‘armasi 25.000 AQSh dollari bo‘lgan turnirning ilk bosqichida ikki tennischimiz o‘zaro to‘qnash keldi. Ushbu uchrashuvda Laylo Bahodirova dugonasi Olesya Kimni har ikkala setda 6:0 hisobida taslim qildi.
Andijon shahrida xotin-qizlar o‘rtasida Xalqaro tennis federatsiyasi tomonidan tashkil etilgan musobaqada asosiy to‘r bahslarining birinchi davra uchrashuvlari boshlandi.
Afsuski Arina Folts mazkur bosqichda rossiyalik Olga Doroshinaga 2:6, 2:6 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ydi.
Bugun o‘tkaziladigan bahslarda Nigina Abduraimova, Sabina Sharipova, Yuliya Kim, Yasmina Karmijonova, Sevil Yo‘ldosheva kortga chiqadi.

Fikrlar