A Seriya autsayderi Sebalyosni sotib oladi
«Boka Xuniors» jamoasida to‘p surib kelayotgan 24 yoshli argentinalik yarim himoyachi Esekiel Sebalyos faoliyatini Italiya chempionatida davom ettiradi.
Futbol bo‘yicha insayder Fabrizio Romano xabariga ko‘ra, tezkor hujumchi uchun yangi manzil «Monca» klubi bo‘ladi. Italiya jamoasi Sebalyos transferi yuzasidan kelishuvga erishgan.
«Monca» argentinalik futbolchining o‘tishi uchun to‘rt million yevro to‘ladi. Yaqin kunlarda Esekiel tibbiy ko‘rikdan o‘tib, yangi klubi bilan shartnoma imzolashi kutilmoqda.
Yangi mavsumda «Monca» A Seriyada ikki o‘yin o‘tkazdi, ammo haligacha ochko to‘play olgani yo‘q. Jamoa turnir jadvalida oxiridan ikkinchi o‘rinni egallab turibdi. Klubning navbatdagi uchrashuvi joriy yil 6 sentabr, yakshanba kuni safarda «Parma»ga qarshi o‘yinda bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar