A Seriya. "Roma" "Sassuolо"ni ishonchli hisobda mag‘lub etib, 3-o‘ringa ko‘tarildi
Italiya A Seriyasining 20-turida "Roma" "Sassuolo"ni o‘z uyida qabul qilib, 2:0 hisobida mag‘lub etdi va "Napoli"ni quvib o‘tgan holda, 3-o‘ringa ko‘tarildi.
To‘qnashuvning birinchi bo‘limida muxlislar gol tomosha qilishmadi. O‘yinning 76-daqiqasida Manu Kone hisobni ochgan bo‘lsa, oradan 3 daqiqa o‘tib Matias Sule farqni 2 taga yetkazdi.
Ma’lumot o‘rnida, turnir jadvalida yetakchilik qilayotgan "Inter" (42), "Milan" (39) va "Napoli" (38) endigina 18 ta uchrashuv o‘tkazgan. "Roma" esa bugun 20-to‘qnashuvida ishtirok etdi.
- Italiya - A Seriya
- Joriy Mavsum
Roma
- Manu Koné 76'
- Matías Soulé 79'
Tugadi
2
:
0
10.01.2026 22:00

Fikrlar