A Seriyaning eng yaxshi to‘purari sevgi tufayli Germaniyaga yo‘l olishi mumkin

  • 28 aprel, 2023, 11:35
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Napoli" hujumchisi Viktor Osimxen sevgilisi tufayli "Bavariya"ga o‘tishga rozi bo‘lishi mumkin. Futbolchining sevgilisi Stefani germaniyalik va u vataniga qaytishga qarshi emas. Bu haqda jurnalist Kristian Falk o‘zining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida xabar berdi.

Tecno

Eslatib o‘tamiz, Osimxenda faoliyatini "Chelsi" yoki "Manchester Yunayted"da davom ettirish imkoniyatlari ham bor. Nigeriyalik futbolchi Angliya Premer-ligasida o‘ynashni orzu qiladi, ammo "Bavariya"ga o‘tishga ham rozi. Ammo myunxenliklar hali ham “Napoli” so‘rayotgan 150 million evroni to‘lashga tayyor emas.

Osimxen joriy mavsum A Seriyada 21 ta gol urdi. Nigeriyalik futbolchi hozircha Italiya chempionatining ushbu mavsumida eng yaxshi to‘purar bo‘lib turibdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!