Abramov: "Neftchi"ning hozirgi vazifasi Oliy ligada jon saqlab qolish

  • 13 oktabr, 2017, 19:13
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Oliy liga 24-turidan o‘rin olgan “Neftchi” hamda “Nasaf” (0:3) jamoalari o‘rtasidagi bahsdan so‘ng farg‘onaliklar bosh murabbiyi Vadim Abramov o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. Bu haqda "Neftchi" rasmiy sayti xabar bermoqda.

Tecno

"Bugun ko‘proq yoshlarga imkoniyat berdim. Ularning kelajagi porloq deb o‘ylayman. Agar ular mana shunday qiyinchiliklarni sabr bilan engib o‘tishsa, men ishonamanki yuqoridagi fikrim o‘z isbotini topadi. “Neftchi”ning ayni paytdagi vazifasi Oliy ligada jon saqlab qolishdan iborat. “Nasaf” yaxshi jamoa. Lekin o‘tkazib yuborilgan ikki golda yaqqol o‘zimiz xato qildik. Ustiga utsak, o‘zimiz yaratdan xavfli vaziyatlarni ham golga aylantira olmadik. Qarshi jamoasi haqida iliq fikrlar bildirish mumkin.

Hozir tarkibimizda bir qator iqtidorli va yosh futbolchilar muntazam o‘yin amaliyotiga ega bo‘lib, katta tajriba to‘plashmoqda. Bu esa “Neftchi” jamoasining kelajagi uchun o‘zining mevasini beradi. Hozir bizga omad etishmayapti.  Lekin baribir hammasi yaxshi bo‘lishiga ishonaman. Ishlashda davom etamiz", – dedi Abramov

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!